Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “Devis kubogi” boshlanmoqda
09:34 / 2024-09-13

Poytaxtimiz yana bir nufuzli turnirga mezbonlik qilmoqda. Tennis bo‘yicha an’anaviy o‘tkazib kelinadigan “Devis kubogi” musobaqasi yana Toshkentga qaytdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bu safar estoniyalik raketka ustalari bilan kuch sinashadi.

Kecha bahslar boshlanishi oldidan musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Unda O‘zbekiston tennis federatsiyasi va xalqaro tennis federatsiyasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etib, bevosita jarayonni kuzatib bordi.  

Musobaqalar 13-14 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

[gallery-19247]

Birinchi kungi dasturda 2-raqamli tennischimiz Sergey Fomin raqib terma jamoasi a’zosi Mark Loyal bilan to‘qnash keladi.

Qayd etish kerak, Loyal Estoniyada 1-raqamli tennischi hisoblanadi. Bizning birinchi raketkachimiz Humoyun Sultonov esa Yan Kristian bilan uchrashadi.  

Aytish lozim, O‘zbekiston tennis terma jamoasi ilk bor Estoniya raketka ustalari bilan to‘qnash kelmoqda.  

Qur’a tashlash marosimidan so‘ng, terma jamoalarimiz ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.  

Eslatib o‘tamiz, bahslar “Yunusobod” tennis kortida bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA