Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo chempionatidan fotoreportaj
22:30 / 2023-03-18

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuida taekvondo (ITF) bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

4 ta yosh toifasida o‘tkazilayotgan musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 538 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Kecha taekvondoning tul va massogi yo‘nalishlari bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi. Jamoaviy bahslarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan hamyurtlarimiz 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston vakillariga nasib etdi.

[gallery-11045]

11-13 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan yakkalik bahslarida  hamyurtimiz Shafika Bagirova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Konyaki O‘razboyeva (Qirg‘iziston) kumush medalga ega chiqdi. Eva Chekrizaxov (Qozog‘iston) va Aleksandra Iskandarova (Tojikiston)ga bronza medallari nasib etdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 14-15 yoshlilar musobaqasida Qozog‘iston vakili Vladimir Fu mahorat bobida tengdoshlaridan ustun ekanligini namoyon etib, g‘alaba shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. 2-o‘ringa Vladimir Pak (O‘zbekiston) ko‘tarildi. 3-o‘rinni Sherali Loyiq (Tojikiston) va Murat Temirgaliyev (Qozog‘iston) baham ko‘rishdi.

 Markaziy Osiyo chempionati bahslari 19 mart kuni nihoyasiga yetadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA