Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi
12:08 / 2022-01-23

Fotoreportaj

Avval xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizdagi «Universal sport saroyi»da 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha qit’a birinchiligi start oldi. 

 Musobaqalar oldidan Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Anas Alotaiba, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov so‘z olib, bugungi murakkab epidemiologik vaziyatga qaramay musobaqani tashkil etishda har tomonlama yordam bergan hukumatimizga minnatdorchilik bildirib, ishtirokchilarga omad tilab o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda Turizm va sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Ochilish marosimida san’atimizning taniqli vakillari kuy-qo‘shiqlari, raqslari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 

Marosim yakuniga yetgach,  bellashuvlar  boshlandi. 

 -67 kg.vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev bokschilarimiz orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi. Saudiyalik raqibiga qarshi jang qilgan Javlonbek muxlislarimizga chiroyli g‘alaba taqdim qildi va keyingi davraga yo‘l oldi.

Yana bir e’tiborli jihat, o‘zbekistonlik mutaxassislar Vladimir Shin va Rustam Saidov xorijiy terma jamoalar murabbiyi sifatida Osiyo chempionatiga kelishgan. Vladimir Shin Yaponiya terma jamoasini bir necha yillardan buyon boshqarayotgan bo‘lsa, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Rustam Saidov Malayziya terma jamoasi ustozi sifatida faoliyat olib bormoqda.

 Osiyo chempionati bahslari bugun soat 16:00 da davom ettiriladi.

 [gallery-5541]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA