Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda baliq yetishtiruvchilar va fermer xo‘jaliklari uchun mintaqaviy seminar tashkil etildi
17:24 / 2023-03-28

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamkorligida kichik hajmli baliq yetishtiruvchilar va fermer xo‘jaliklari uchun akvakulturani diversifikatsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy seminar o‘tkazildi.

[gallery-11173]

Tadbir FAO - Turkiya hamkorlik dasturi doirasida ishlab chiqilgan “Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada baliqchilik va akvakulturani barqaror boshqarish uchun salohiyatni rivojlantirish – FISHCap” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Seminarda mamlakatimiz hamda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan vakillar qatnashdi. Unda baliqchilik tarmog‘ining eksport salohiyatini oshirish, mahalliy baliq yetishtirish va akvakulturani qo‘llab-quvvatlash hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish, baliqchilik tarmog‘ining istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

Davron ERNAZAROV (surat), O‘zA