French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi tantanali ochildi
12:00 / 2019-04-20

Avval xabar berganimizdek, 19-21 aprel kunlari poytaxtimiz badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi.


Avval xabar berganimizdek, 19-21 aprel kunlari poytaxtimiz badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi.

Kecha Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ushbu nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Tantanali ochilish marosimida oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachilar tomonidan tayyorlangan turli koʻrgazmali chiqishlardan iborat dastur namoyish etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, mamlakat gimnastika federatsiyasi mutasaddi rahbarlari, xorijlik mehmonlar, sport jamoatchiligi hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

photo_2019-04-20_12-01-02.jpg

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov turnir ishtirokchilari qutlar ekan, shunday dedi:

photo_2019-04-20_12-01-05.jpg

- Yurtimiz yana bir marta dunyoning eng kuchli sportchilari yigʻiladigan ushbu turnirga mezbonlik qilib turganidan mamnunmiz. Ishonchim komil, Toshkentda oʻtkazilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi yuqori saviyada oʻtadi va unda ishtirokchilar oʻzlarining yuksak mahoratlarini namoyish etadi.

Eslatib oʻtamiz, dunyoning 23 davlatidan 80 nafarga yaqin kuchli gimnastikachi qizlar qatnashadigan Jahon kubogi bosqichida ishtirokchilarning 39 nafari yakkalik bahslarida oʻz omadini sinab koʻradi. Yana 6ta jamoa guruh bahslarida ishtirok etadi.

Jahon kubogining navbatdagi bosqichida Vatanimiz sharafini yakkalik bahslarida Sabina Toshkenboyeva va Yekaterina Fetisova himoya qiladi. Ularni musobaqaga isteʼdodli murabbiy Liliya Vlasova tayyorlagan. Guruh mashqlarida Oʻzbekiston nomidan qatnashadigan Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoyevalardan iborat jamoamizga Rossiyadan taklif etilgan murabbiy Yekaterina Pirojkova hamda yurtdoshimiz Raʼno Muhamedova ustozlik qilmoqda.

photo_2019-04-20_12-01-04 (2).jpg

photo_2019-04-20_12-01-04.jpg

photo_2019-04-20_12-01-05 (2).jpg

photo_2019-04-20_12-01-04 (2).jpg