Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri boshlandi
10:24 / 2025-09-11

Shu kunlarda poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi stadionida mamlakatimiz sport jurnalistikasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, o‘zbek futbol sharhlovchilik maktabining asoschilaridan biri O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy futbol turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan turnirning bu yilgi bahslarida 6 ta jamoa 2 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Kecha har ikki guruhdagi dastlabki o‘yinlarda o‘ziga xos natijalar qayd etildi.

Xususan, “A” guruhidan joy olgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi jamoasi mazkur turnirning ikki karra g‘olibi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi jamoasini 4:2 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, “Paxtakor” jamoasi “Markaziy sektor” jamoasini 8:3 hisobida yengdi. Sport-TV jamoasi esa “Sulola” vakillariga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Turnirning 2-tur uchrashuvlari 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA