Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda
10:28 / 2023-07-04

FOTOREPORTAJ

O‘zbek sporti jurnalistikasining otaxoni, futbolimiz sharhlovchiligi maktabi asoschisi Axbor Imomxo‘jayev xotira turnirida 8 ta jamoa ishtirok etmoqda: “Paxtakor” (faxriylar), “Tong” (faxriylar), O‘FA (faxriylar), “Jurnalist” (faxriylar), shuningdek, “Championat.asia”, “Sports.uz”, “Sharhlovchi”, “Sulola”.

“Bunyodkor” akademiyasining o‘quv-mashg‘ulot maydonida xotira turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar saf tortgach, qur’on tilovat qilindi.

[gallery-12571]

 Kecha start olgan Axbor Imomxo‘jayev xotira turnirining 1-tur bellashuvlari natijalari quyidagicha bo‘ldi: “Tong”-“Jurnalistlar” 8:2, O‘FA-“Paxtakor” 4:2, “Sulola”-“Sharhlovchi” 5:1, “Sports.uz”-“Championat.asia” 2:5.

 Bugun va ertaga xotira turnirining 2- va 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.  

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA