Toshkentda "Avtomobilsiz kun" o‘tkazilmoqda (+video)
Toshkent shahri bo‘ylab avtomobillar tirbandligini oldini olish, havoga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytirish va aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida bugun poytaxtimizda "Avtomobilsiz kun" o‘tkazilmoqda.
Bugun barcha jamoat va davlat tashkilotlari xodimlari, eko-faollar, shu jumladan, shaxsiy avtomobilda harakatlanuvchi ko‘plab ko‘ngilli aholi vakillari jamoat transportlarida yoki velosipedlarda ish joylariga kelishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kun shahar transport tizimi va ekotizimga yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, har oyning uchinchi juma kunida o‘tkazilishi belgilangan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TQOygNYbi-U" title="Toshkentda "Avtomobilsiz kun" o'tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, O‘zA