Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda "Asal bayrami" o‘tkazilmoqda
15:25 / 2023-12-04

Poytaxtimizdagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘ining markaziy hududida “Asal bayrami” bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir doirasida asalarichilik ko‘rgazmasi va asal mahsulotlari savdosi tashkil etildi. Unda 400 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar hamda qo‘shni davlatlardan kelgan asal yetishtiruvchilar ishtirok etmoqda. Xususan, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kelgan vakillar o‘zlarining noyob turdagi asal mahsulotlari bilan faol qatnashmoqda.  

Ko‘rgazmada yurtimizning barcha hududlaridan 100 dan ortiq asal turlari, jumladan, propolis, ona asalari suti, tog‘ asali, paxta asali, uyali asal va boshqa turdagi asalarichilik hamda xorijiy asal mahsulotlari namoyish etildi.  

Shuningdek, ko‘rgazma davomida asalarichilik bo‘yicha yangi texnologiyalar va uskunalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qayd etilganidek, so‘nggi besh yil ichida asal ishlab chiqarish 17 ming tonnadan 35 ming tonnaga yetkazildi. Asalarichilik bilan shug‘ullanadigan sub’ektlar soni ham bugungi kunga kelib 40 mingdan ziyodni tashkil etadi.  

[gallery-14881]

"Asal bayrami" 10 dekabrga qadar davom etadi.  

Gulnoza Boboyeva,

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA