Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda aholi uchun aqlli suv hisoblagichlari bepul o‘rnatiladi
15:52 / 2025-07-25

Poytaxtda ichimlik suvini hisoblashda zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda.

Yangi smart-hisoblagichlar aholi xonadonlariga mutlaqo bepul o‘rnatiladi. 

Qayd etilishicha, eski turdagi hisoblagichlar ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar bazasiga o‘z vaqtida kiritilmasligi to‘lovlarda tushunmovchilik va kechikishlarga sabab bo‘lgan. 

Ushbu yangi hisoblagichlar esa suv sarfi, iste’moli va bosimini aniqlik bilan o‘lchaydi. Shu bilan birgalikda, nosozliklar va tashqi aralashuvlarni aniqlaydi va barcha ma’lumotlarni masofadan uzatadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki sinovlar Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Belgilangan rejaga ko‘ra esa joriy yilning uchinchi choragidan boshlab eski hisoblagichlarni yangisiga almashtirish ishlari Yangihayot tumanida start oladi. 

M.Eshmirzayeva, 

O‘zA