Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda 800 dan ortiq dzyudochi bellashmoqda
15:54 / 2020-12-24

Poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligiga qarashli MHSK sport majmuasida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Uch kun davomida jami 20 ta vazn toifasida mamlakatimizning 2005-2006 yillarda tavallud topgan eng kuchli o‘smir dzyudochilari aniqlanadi. Musobaqa ishtirokchilari sonining 800 nafardan ziyod ekani bellashuvlarning murosasiz o‘tishiga zamin yaratmoqda.

Kecha kunning ikkinchi yarmida o‘smirlar ishtirokidagi mamlakat chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport, Xalq ta’limi hamda Mudofaa vazirliklari, MOQ mutasaddilari ishtirok etdi.

[gallery-566]

 Musobaqaning ilk kunida Dilruh Hasanova (Jizzax), Dildor Hamroyeva (Buxoro), Kamola Orifjonova (Sirdaryo), Durdona Ergashboyeva (Andijon), Yusuf Boboqulov, Laziz Sa’dullayev, Anvarjon Ibrohimov (Buxoro)lar o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.

 O‘zbekiston chempionati bahslari bugun yakunlanadi.

 

Muhammad AMIN (surat), O‘zA