Toshkentda 8-12 yoshdagi shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari boshlandi.
236 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan turnir 9 tur davom etadi. Shuningdek, shaxmatning standart yo‘nalishidan so‘ng, blits hamda rapid bo‘yicha ham musobaqalar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Chempionatning har uchala yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlari 11 fevral kuni ma’lum bo‘ladi.
[gallery-10436]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA