Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda 5 ta sport turi bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda
14:59 / 2022-11-03

FOTOREPORTAJ

Sportni rivojlantirish vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan bir guruh xorijlik sport mutaxassislari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

  3-7 noyabr kunlari Toshkent shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining (OOK) “Trener va hakamlar faoliyatini rivojlantirish” dasturi asosida sportning boks, dzyudo, suzish, og‘ir atletika va sport kurashlari turlari bo‘yicha o‘quv kurslari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur tadbir OOKning qit’ada Olimpizm targ‘ibotini yanada kuchaytirish, ilm-fan sohasida erishilgan yangi yutuqlar, joriy etilgan yangi qoidalar bilan barchani xabardor qilish kabi maqsadlarda yo‘lga qo‘yilgan.  

[gallery-9406]

Bu borada dastlabki xalqaro seminar Quvaytda tashkil etilgan bo‘lib, unda 7 ta g‘arbiy Osiyo mamlakati vakillari ishtirok etgan edi. Bu gal diyorimiz mezbonlik qilayotgan tadbir Markaziy (Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va Janubiy Osiyo (Bangladesh, Butan, Hindiston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka) mintaqalaridagi 14 ta mamlakatdan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun olib boriladi.  

Tadbir doirasida 5 noyabr kuni Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Fun Run” ommaviy yugurish tadbiri ham rejalashtirilgan. 500 nafar yosh sportchi ishtirokida tashkil etiladigan ushbu poyga mamlakatimiz yoshlari orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini yanada kuchaytirish, ularni sportga keng jalb qilish maqsadida o‘tkaziladi.  

Xalqaro seminarda har bir davlatdan dasturdagi sport turlari bo‘yicha 2 nafardan murabbiy va hakam qatnashib, ishtirokchilarning umumiy soni 280 nafarni tashkil etadi.  Shuningdek, OOK xodimlari va xalqaro federatsiyalar tomonidan tayinlangan O‘zbekiston, Kanada, Irlandiya, AQSH, Tailand, Xitoy, Rossiya kabi mamlakatlardan 10 nafardan ortiq ekspert ham tashrif buyuradi. 

5 kun davom etadigan seminar ham nazariy, ham amaliy tarzda olib boriladi. Dastavval mehmonlar o‘zlari istiqomat qiladigan mehmonxonada o‘tkaziladigan nazariy kurslar orqali bilimlarini boyitishi mumkin. Shundan so‘ng biriktirilgan bazalarda olgan ko‘nikmalarini amalga tatbiq qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Seminar bitiruvchilari OOKning maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

 

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA