Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda 490 gramm «gashish» moddasi fosh etildi
15:21 / 2025-11-25

«Toshkent-AERO» IBK tezkor xodimlari tomonidan 490 gramm og‘irlikdagi «gashish» giyohvandlik moddalari mavjud kurerlik jo‘natmasi fosh etildi.

Poytaxtimizning Mirobod tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hujjatlarda kosmetika vositalari va shirinliklar bo‘lishi kerak bo‘lgan 1 dona qog‘oz quti ichida og‘irligi 490 gramm «gashish» giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan kurerlik jo‘natmasini qabul qilib olib, pochta bo‘limini tark etayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, mazkur jo‘natmani qabul qilib olishi lozim bo‘lgan ikkinchi fuqaro ham qo‘lga olindi. Ularning yashash xonadonlaridan giyohvandlik moddalarini «zakladka» usulida joylashtirish maqsadida qo‘llaniladigan magnit to‘shlar, elektron tarozilar, izolyatsion materiallar va boshqa buyumlar ham topildi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sh.Mamaturopova, O‘zA