Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda 16 ta yangi sotib olingan "MAN A22 CNG" rusumli avtobus 5 ta yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi
09:29 / 2023-01-09

"Toshshahartransxizmat" AJ yangi sotib olgan 16 ta avtobus poytaxtda harakatlanishni boshladi.

Qayd etilishicha, "MAN A22 CNG" rusumli avtobuslarning — 4 donasi "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 28-sonli "Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi"da, 4 donasi "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 13-sonli "Izza mavzesi – Toshkent MUM"da,  1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 91-sonli "Yunusobod mavzesi 15-daha – Ko‘kcha masjidi bekati"da harakatlanmoqda.

Shuningdek, 1 donasi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 118-sonli "Chilonzor buyum bozori – O‘zposlsavdo",  3 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 87-sonli "Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi"da 3 donasi "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 88-sonli "Ibn Sino 2-mavzesi – M.Yusuf ko‘chasi" avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirildi, deya xabar beradi "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati.

 

O‘zA