Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda 156 ta tender noqonuniy o‘tkazilgan, 52 ta tashkilotga ish qo‘zg‘atilgan
11:31 / 2022-09-16

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lum qilishicha, bir qator tashkilotlar tomonidan qonun buzilish holatlari aniqlangan. Bunga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar orasida Olmazor tuman hokimligi, "O‘zbekiston temir yo‘llari", "Uzbekistan Airways Technics" MCHJ, bir nechta tuman MTBlari va boshqalar bor.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan doimiy tanlov (tender) savdolari monitoring qilib boriladi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 8 oyi davomida Toshkent shahridagi byudjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan boshlang‘ich narxi jami 2 trillion 590 milliard 900 million so‘mlik 1 ming 974 ta tanlov (tender) savdolari o‘tkazilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida umumiy boshlang‘ich qiymati 107,12 milliard so‘mlik 156 ta tanlov (tender) savdolarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi hamda «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Bunday qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 66-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, Bektemir, Mirobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari, Yashnobod tuman Xalq ta’limi bo‘limi, "Uzbekistan Airways Technics“ MCHJ, R. Gliyer nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «Ko‘prikqurilish tresti» UK qoshidagi 13-Ko‘prikqurilish otryadi, Olmazor tuman hokimligi, Mirobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, "Toshkent issiqlik markazi" DUK Toshkent ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi, "Uz Chasys“ MCHJ, "Otel Oʼzbekiston" MCHJ, Ko‘zi ojizlar maktab-internati, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan salomatlik shifoxonasi, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi akademik litseyi va boshqa 52 ta tashkilotga ish qo‘zg‘atilgan va tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Shuningdek, 23 ta xarid buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilingan. 81 ta xaridda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish yuzasidan chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot kiritilgan.


O‘zA