Toshkentda 110 mingta uy buzilayotgani haqidagi xabar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayni kunlarda mamlakatda ko‘p qavatli uy-joy fondining seysmik holatini o‘rganish va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tarzda amalga oshirilmoqda.
"Hozirda hech qanday rasmiy huxjatlarga ega bo‘lmagan bitta ob’ektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu ob’ekt bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan. Ayni vaqtda ommaviy ravishda uy-joylarni buzishga oid hech qanday qaror yoki reja mavjud emas", deyiladi xabarda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA