Toshkentda 100 nafardan oshiq osiyolik yosh xokkeychi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini samarali o‘tkazmoqda
Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizda “Osiyolik yosh xokkeychilar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini” dasturi davom etmoqda.
Yurtimizda ilk bor xokkey bo‘yicha katta masshtabda tashkil etilayotgan xalqaro o‘quv mashg‘ulot yig‘ini nihoyasiga yetib qoldi. Muhtasham ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida qit’amizning 30 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan o‘smir xokkeychilar turli guruhlarga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarni olib borishyapti. Muz ustida xalqaro xokkey federatsiyasi tomonidan jalb etilgan taniqli ekspertlar yosh qit’adoshlarimiz bilan o‘z mahoratini ulashmoqda.
[gallery-13030]
Toshkentda o‘tkazilgan bu mahorat sirlari ularning kelajagida o‘z so‘zini aytishiga shubha yo‘q!
Muhammad AMIN(surat),O‘zA