Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent yoshlarni sevadi" yoshlar oyligi davom etmoqda
18:39 / 2021-11-15

Chilonzor tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, xalq ta’limi bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “Toshkent yoshlarni sevadi" shiori ostida hududda "Besh ming qadam" yurish marafoni o‘tkazildi.

Yigit-qizlarda yurtimizda kechayotgan islohotlarga dahldorlik hissini kuchaytirish, tashabbuskor va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishiga imkon yaratish, yosh avlodning ilm-fan, ijod, madaniyat va san’at, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, talaba va bitiruvchilar, uyushmagan yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda tuman aholisi birdek jonbozlik ko‘rsatdi.

Ular poytaxtimizning Oqtepa maydonidan Sohil bo‘yi ko‘chasi bo‘ylab 5 ming qadam yo‘l bosdi.

– Piyoda yurish – bu jismoniy mashqning eng oson va qulay turi, – dedi Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi Madina To‘ychiyeva. – Shuningdek, inson ruhiy-emotsional holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab “Toshkent yoshlarni sevadi" shiori ostidagi ushbu "Besh ming qadam" yurish marafoniga taklif qilishganida oilaviy xursand bo‘ldik va barchamiz qatnashdik.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA