“Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi
Poytaxtimizda Toshkent shahar xokimligi va Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Yoshlar haftaligi doirasida “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida “Street Workout“, “Arm wrestling”, “stol tennisi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy sport o‘yinlari va sport turlarini yoshlar o‘rtasida ommalashtirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqalarda 2000 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Qizg‘in va keskin kurashlar ostida o‘tgan musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alari berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA