English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent yoshlari forumi yakunlandi
11:28 / 2020-12-20

Poytaxtimizning barcha tumanlarida joriy yilning 20 noyabr – 20 dekabr kunlari “Yoshlar oyligi” e’lon qilinib, oylik doirasida Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi umumta’lim maktablari, madaniyat markazlari, teatr, muzey va sport ob’ektlarida 326 mingdan ortiq yosh ishtirokida 2 366 ta madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot va sport tadbiri o‘tkazildi.

Yoshlar oyligi doirasida joriy yilning 18 dekabr kunlari “Tashkent city”da joylashgan Kongress xoll majmuasida Toshkent yoshlari forumining tantanali ochilish marosimi va birinchi kun loyihalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda ishtirok etish istagini bildirib, 7 ming nafardan ortiq yoshlar www.tashkent 2020. uz saytida ro‘yxatdan o‘tdi.

Dastlab kunning birinchi qismida ommaviy axborot vositalari, blogerlar, keng jamoatchilik va yoshlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida forumning maqsad va vazifalari, o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar haqida axborot berildi.

Shundan so‘ng yoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularning taklif va istaklarini o‘rganish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Jumladan, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov bilan “Ijtimoiy soha – 2030: ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi istiqbollari” mavzusida; Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovlar “Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi” mavzusida taqdimotlar o‘tkazishdi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov bilan “Huquqiy Toshkent – 2030” mavzusida; Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov, “IT-park” direktori Farhod Ibragimov bilan “Raqamli Toshkent – 2030” mavzusida; Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov (Zoom platformasi orqali), moliya vaziri Timur Ishmetov, qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov bilan “Toshkentning moliyaviy kelajagi va zamonaviy qiyofasi” mavzusida yoshlarning uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng yosh modelerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi tashkil etilib, ushbu loyihada 20 nafarga yaqin yosh dizayner o‘z ishlari bilan ishtirok etdi.

Ochiq muloqotlarda sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan yoshlar bilan fikr almashildi, ularning taklif va tashabbuslari o‘rganilib, muhokamalar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda jami 4 500 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi va shu bilan forumning birinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

– Biz, yoshlar ertangi kunga katta ishonch bilan yashamoqdamiz, – deydi Jahon tillari universiteti birinchi kurs talabasi Adolat Hasanova. –Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekistonni bugungi yoshlar bilan quramiz. Bunday yuksak mas’uliyatni sharaf bilan ado etayotgan tengdoshlarimizning xalqaro miqyosda qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlari barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.

19 dekabr kuni spikerlar Aziza Qurbonova, Lazizbek Hamidov, Nikita Makerenko, Xushnud Xudoyberdiyevlar bilan “Yoshlar va gender tengligi” hamda blogerlar mavzusida;

Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosari Atabek Hasanov “Toshkentning kelajak liderlari” mavzusida; “Debyut” qisqa metrajli filmlar namoyishi, sport yulduzlari hamda “Tik tok” va instagram yulduzlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan taniqli marketologlar ishtirokida Azizbek Yuldashev, Zamira Rahmonova, Diyor Mirzaahmedov, Feruzxon Yoqubxo‘jayev “Marketing” mavzusida;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Akmal Jumaboyevlar ishtirokida “Globallashuv davrida yoshlar migratsiyasi” mavzusida; Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Abdulaziz Nazirov “2020 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2021 yil ustuvor vazifalari” to‘g‘risida; Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev “2021 yil poytaxtda yoshlar hayoti” mavzusida taqdimotlar o‘tkazishdi.

Taqdirlash marosimida “O‘quvchi-yoshlar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovi, “Yangi O‘zbekiston” ko‘ngillilar harakati tanlovi, “Yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali, “Talaba-yoshlar” festivali, “1+1” ishsiz yoshlarni tadbirkorlarga biriktirish loyihasi, “Kviz pliz” intelektual o‘yin loyihasi, “Yangi Toshkent qiyofasi” loyihasi, “Munozara” loyihasi, “Yosh jurnalistlar” loyihasi “Hokim stipendiyasi” loyihasi hamda “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari g‘oliblari munosib taqdirlandi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA