Toshkent xalqaro seminari yakunlari: IHTning yoshlar huquqlariga oid Deklaratsiyasi imzolandi
Poytaxtimizda Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo‘lida yoshlar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusidagi 6-seminari nihoyasiga yetdi.

Kun tartibidagi oxirgi majlisda Komissiya a’zolari anjumanning yakunlovchi hujjati loyihasini muhokama qildilar. Bildirilgan amaliy fikr-mulohazalar asosida loyiha maromiga yetkazildi.
So‘ngra xalqaro anjuman ishtirokchilari yalpi majlisga to‘planishdi. IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi raisi Akmal Saidov IHT Komissiyasi yillik 6-seminarining yakunlovchi hujjatini anjuman ahliga taqdim etdi.
Shu tariqa xalqaro seminarda Islom hamkorlik tashkiloti a’zo mamlakatlarida yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi.