Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro kinofestivali jahon kino yulduzlarini chorladi
19:16 / 2021-09-28

Bugun poytaxtimizda «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi oldidan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida Rossiya, Turkiya, AQSH, Isroil davlatlari kino ijodkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilar kinofestival jahon kino ijodkorlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va birgalikda filmlar yaratishga munosib hissa qo‘shishini ta’kidladi.

[gallery-4084]

Ayni chog‘da «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilishi oldidan taniqli jahon yulduzlari qizil yo‘lakdan o‘tish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA