Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Ruminiya kinosi kunlari” ochilishi bo‘lib o‘tmoqda
18:40 / 2022-09-15

Ayni paytda “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida poytaxtimizdagi “Magic Cinema” saroyida “Ruminiya kino kunlari” ochilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kino sohasi ijodkorlari, san’at muxlislari, xorijlik mehmonlar ishtirok etayotgan tadbirning ochilishi musiqa va kino tarzida o‘tadi. Dastlab ruminiyalik rejissyor Tedi Nekulaning “Yonimda” filmi namoyish qilinadi.

Ertaga, 16 sentyabr kuni soat 18:00da esa “Magic Cinema”da tomoshabinlar uchun “Daki” filmi taqdim etiladi. Ushbu kartina Rim imperiyasining 87-88 yillarda ozodlikni sevuvchi daklar davlatiga qarshi olib borgan urushi haqidagi ulkan tarixiy voqeaga asoslangan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, kecha Ruminiya delegatsiyasi Toshkent xalqaro kinofestivalining qizil yo‘lagidan tantanali o‘tdi. Anjumanda Ruminiyaning mamlakatimizdagi elchisi Daniel Kristian O‘zbekiston tashabbusi bilan qayta tiklangan ushbu festival jahon miqyosidagi ulkan voqea ekanini ta’kidladi.

Elchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Ruminiya Madaniyat institutiga mamlakatda kino kunlarini tashkil etishda ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Ruminiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, jumladan, madaniyat sohasidagi munosabat tobora rivojlanyapti.

Joriy yil yanvarda Ruminiyaning Toshkentdagi elchixonasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida o‘tkazilgan “Ruminiyaning jahon merosiga qo‘shgan hissasi” nomli ko‘rgazmasi bunga misol bo‘ladi. Bunday yirik madaniy tadbirlar salmog‘i, ayniqsa, so‘nggi yillarda oshib bormoqda.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA