Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida "Hind kinosi kunlari" boshlandi
21:33 / 2022-09-13

“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Hind kinosi kunlari” ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur fayzli oqshomda kino sohasi ijodkorlari, san’at muxlislari, xorijlik mehmonlar ishtirok etdi. Ma’lumki, Hindiston kinematografiyasi jahonda eng yetakchi o‘rinlarni egallagani bilan ahamiyatlidir. Buning sababi chin insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi filmlarning jahon miqyosida muxlislari ko‘pligi bilan izohlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hindistonda yiliga mingdan ortiq badiiy film yaratiladi. Bu borada Hindiston Gollivud va Xitoy kinematografiyasini ham ortda qoldirib ketgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aytish joizki, o‘zbek kino ijodkorlari hindistonlik kinochilar bilan bir necha ijodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirgan. “Alibobo va qirq qaroqchi”, “Sevgi afsonasi” kabi badiiy filmlar ayni ijodiy hamkorlikning natijasidir.

...Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat, kinoijodkor Bahodir Odilov, Hindistondagi Kinoni rivojlantirish korporatsiyasi direktori Ravinder Bxakar Toshkent xalqaro kinofestivali ijodkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

– O‘n besh yil avval Toshkentga s’yomka uchun kelgandim, – dedi hindistonlik san’atkor Zinat Omon. – Toshkent butkul o‘zgarib ketibdi. Lekin o‘zbek xalqi hamon o‘sha-o‘sha – samimiy, yuzida tabassumli, mehr-oqibatli, mehmondo‘st.

– Kelgusi safar albatta o‘zbekcha so‘zlayman, – dedi hindistonlik kinorejissyor Umesh Mehra. – Men bu zaminda o‘zimni o‘zbek o‘g‘loni deb his etaman. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklangan uchun cheksiz minnatdorlik bildiraman. O‘zbek kinoijodkorlarining tinim bilmay ishlayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Biz esa "Alibobo va qirq qaroqchi" filmining yangi variantini suratga olishni o‘ylayapmiz.

"Hind kinosi kunlari" ijodiy tadbirining ochilishi musiqa, kino, xoreografik bayrami tarzida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hind kinoijodkorlarining "Reva" badiiy filmi namoyish etildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri