Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro investitsiya forumida iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarimiz e’tirof etildi
11:16 / 2022-03-29

Munosabat

O‘tgan besh yil. Bu vaqt oralig‘ida O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bir davriga qadam qo‘ydi. Bunda iqtisodiy tarmoq va sohalardagi islohotlar barcha soha va tarmoqlarda, hududlarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarning qon tomiri bo‘lib xizmat qildi.

Shu boisdan, mamlakatimizni kelgusi besh yilda rivojlantirishga qaratilgan Taraqqiyot strategiyasida ham iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsion jozibadorlikni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 2022-2026 yillar davomida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish orqali 120 milliard AQSH dollari, jumladan, 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsad qilingan.

Albatta, bu kabi yuqori hajmdagi investitsiyani o‘zlashtirish uchun O‘zbekistonda yetarli darajadagi ulkan salohiyat va imkoniyat mavjud. Sababi, O‘zbekiston 2017-2021 yillarda 80 milliard AQSH dollari miqtorida investitsiya o‘zlashtirgan bo‘lsa, uning ham qariyb 1,5 yili dunyo iqtisodiyoti uchun og‘ir bo‘lgan pandemiya davriga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasi doirasida Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” va Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi” va har bir tumanda “Innovatsiya va texnologiya markazlari” tashkil qilib, tadbirkorlar va investorlarga amaliy yordam ko‘rsatish, Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazib borish kabi vazifalar belgilangan edi.

Qisqa vaqt ichida ushbu maqsadlar hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, o‘tgan haftada Toshkent shahrida mamlakatimiz tarixida ilk bor o‘tkazilgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi fikrimiz dalilidir. Ushbu nufuzli forumda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari hamda jahonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari, mamlakatimizning asosiy hamkorlari bo‘lgan davlatlarning yuqori darajadagi vakillari ishtirok etdi.

Yuqori darajadagi forum doirasida dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan muhim o‘zgarishlar va kelgusi yillarda mamlakatimizning investitsiya jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lsa, xorijiy investorlar tomonidan qator yo‘nalishlarda muhim takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, anjuman doirasida ishtrokchilar tomonidan yashil energiyadan innovatsion sanoatga o‘tish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Natijada, forum doirasida umumiy qiymati 7 milliard 833 million dollarlik 164 shartnoma imzolandi. Kelishuvlarning 97 tasi investitsiyaviy, 67 tasi savdo bitimlari hisoblanadi. Xorijiy investorlar, yirik xorijiy kompaniyalar, vazirlik va idoralar hamda mahalliy korxonalar o‘rtasida tuzilgan ushbu shartnomalar orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan qator loyihalar amalga oshiriladi. Ushbu loyihalar ortidan yaratiladigan minglab yangi ish o‘rinlari aholimiz turmush farovonligi yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Eng muhimi, forum doirasida bugungi kunda O‘zbekiston  asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogarlar, ishbilarmon va tadbirkorlar uchun eng qulay savdo yo‘li bo‘lib xizmat qilgan Buyuk ipak yo‘lining markazida o‘ziga xos geografik joylashuviga ko‘ra, Shimol va Janubni, G‘arb va Sharqni magistral tranzit koridorlari orqali bog‘lab turadigan Markaziy Osiyo mintaqasining o‘zagi vazifasini qayta bajarishga tayyor ekanligini namoyish etdi.

Ushbu nufuzli forum nafaqat O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti yuksalishiga, shu bilan birga, madaniyatlar to‘qnashuvi, ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Bu esa, O‘zbekiston o‘z oldiga maqsad qilgan Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oltinoy MAMIROVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

O‘zA