Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro investitsiya forumi: yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda
10:47 / 2024-05-02

Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi davom etmoqda.

Forumning yalpi sessiyasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan,  Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa ham qatnashmoqda.  

Sessiyaga CNN telekanali jurnalisti Richard Kvest moderatorlik qilmoqda.  

Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda.  

 

O‘zA