Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro investitsiya forumi toʻgʻrisida
17:00 / 2020-02-02

2020-yil 5-6-mart kunlari Oʻzbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi.


2020-yil 5-6-mart kunlari Oʻzbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi.

Mazkur eksklyuziv anjuman doirasida 1 ming 500 dan ziyod xorijiy va miliy kompaniyalar rahbarlari, investorlar, eksportchilar va mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

Forum doirasida “Biznes uchun ochiqlik”, “Mintaqaviy munosabatlarni chuqurlashtirish”, “Texnologik innovatsiyalarni qoʻllash” kabi qator yoʻnalish va mavzular boʻyicha shoʻba yigʻilishlari tashkil etiladi.

Anjuman tashkilotchilari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “Inter Forum” davlat unitar korxonasi hisoblanadi.

Forumda ishtirok etish uchun www.tiif.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.