English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro investitsiya forumi oldidan brifing oʻtkazildi
20:15 / 2020-02-14

Anjuman ishtirokchilariga TXIFning maqsad-vazifalari va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.


Kuala-Lumpur shahrida Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Malayziya Eksimbanki, Malayziya tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi (MATREYD) va Malayziya — Oʻzbekiston savdo palatasi (MUTP) hamkorligida Toshkent xalqaro investitsiya forumi taqdimotiga bagʻishlangan brifing tashkil etildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Anjuman ishtirokchilariga TXIFning maqsad-vazifalari va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Bunda istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yangi bozorlarga chiqish va mahalliy mahsulotlar eksportini tashkil etish maqsadida yangi xorijiy sheriklar topishga alohida eʼtibor qaratildi.

“Eksimbank” direktori Nazri Abdul Rahim oʻz chiqishida mazkur bank birgalikdagi investitsiyaviy va eksportni kengaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekistonning tegishli tijoriy tuzilmalari hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanini, shuningdek mamlakatimizdagi kichik korxonalar va xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi. Ushbu chora-tadbirlar ikki davlat oʻrtasidagi, jumladan yuqori qoʻshimcha tannarxga ega xaridorgir mahsulotlar sotuvini amalga oshirish borasidagi hamkorlikni jadallashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, bank rahbari TXIFda “Eksimbank” nomidan shaxsan oʻzi va bank raisi Feyzal Mustafo ishtirok etishini maʼlum qildi.