English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi
10:24 / 2022-03-24

Poytaxtimiz yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda. “Tashkent City” majmuasining Xalqaro ishbilarmonlar markazi xorijlik tadbirkorlar, Kongress-xolli esa yirik investorlar, yuqori darajadagi mehmonlar, xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari vakillari bilan gavjum.

Forumning yalpi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlamoqda.

Anjuman dasturi panel sessiyalari, alohida mavzularga doir muhokamalar, davra suhbatlariga boy bo‘lishi kutilyapti. Toshkentda ikki kun davomida O‘zbekiston va mintaqa mamlakatlari investitsiya, savdo, sanoat, transport va tranzit salohiyati namoyon bo‘ladi. Eng muhimi, yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bu boradagi kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Shu asosda hukumatning mamlakatni strategik rivojlantirish, xususiy sektorni rag‘batlantirish, xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va boshqa yo‘nalishlardagi ustuvor vazifalari ham belgilab olinishi ko‘zda tutilgan. 

G.Sattorova, O‘zA