Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi
09:43 / 2022-02-09

Joriy yil 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur anjuman strategik tashabbuslarni amalga oshirishni muhokama qilish va xalqaro biznes hamjamiyatiga mamlakatimizning investitsiyaviy imkoniyatlarini namoyish etish uchun yaratilayotgan yangi maydon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 

Tadbir davomida respublikamizning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiya jarayoni bilan qiziqqan yirik xorijiy investitsiyaviy, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va korxonalar rahbarlari, vakillari jalb etiladi.
Forumda ishtirok etish uchun www.iift.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

O‘zA