Toshkent xalqaro aeroporti tuman sababli faoliyatini chekladi
Bu haqida Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, ko‘rinish darajasi yomon bo‘lgani sababli Nukus – Toshkent yo‘nalishidagi HY16 reysi Navoiydagi qo‘shimcha aerodromga ketgan.
Beshta samolyot ekipajlari uchib ketishga qaror qilishgan. Xususan, Toshkentdan quyidagi reyslar uchib ketgan:
HY 303 – Toshkent – Tel-Aviv;
KC 128d – Toshkent – Olmaota;
HY 3601 – Toshkent – Moskva;
HY 3631 – Toshkent – Sankt-Peterburg;
HY 9687 – Toshkent – Krasnodar.
O‘zA