Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatining uchta tumanida ichimlik suvi muammosi hal etiladi
14:58 / 2021-05-26

Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihasining ikkinchi bosqich ishlari muhim pallada. Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 124,6 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirilgan.

«O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, inshootlarni sifatli barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan mazkur loyiha doirasida Quyi Chirchiq tumanidagi quvvati kuniga 60 ming kub metr bo‘lgan VU-1 Suv ishlab chiqarish inshootini rekonstruksiya qilish, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarining aholisini markaziy ichimlik suvi bilan ta’minlash belgilangan.

Shuningdek, loyiha amalga oshirilayotgan hududlarda aholi xonadonlariga 37 ming 543 dona suv hisoblash uskunasi o‘rnatilib, 3 ming 969 dona oqova suv hovuzlari lokal-sanitar tizimi quriladi. Natijada hududdagi 232,3 ming aholi yoki 83 ta qishloqda ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. Yangiyo‘l tumanida esa ta’minot qamrovi 64,1 foizdan 85,8 foizga yetkaziladi. Zangiota tumanida 10 ta aholi punkti to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA