Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatining ibratli oilalari aniqlandi
13:39 / 2022-05-16

15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Olmaliq shahrida "Farovon oila sari" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent viloyati va shahar hokimliklari, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tashabbus jamiyatimizning go‘zal urf-odatlari, milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi oilaviy an’analarni yana bir bor tarannum etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

"Metallurg" madaniyat saroyida  mazkur tadbir doirasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. 

Ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi. 

Mazkur tanlov uchta shart asosida tashkil etildi. Viloyat bosqichi g‘oliblariga esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari berildi. Tanlovda O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi Hakimjon Jumanazarovlar oilasi g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga, tashkilotchilar tomonidan mahallalarda barchaga ibrat ko‘rsatayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarga “Oltin to‘y", "Kumush to‘y”lari munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. Xotin-qizlar ishtirokida tashkil etilgan velomarafon poygasi qatnashchilari finish chizig‘ida tantanali kutib olindi. 

San’at jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. 

A.Musayev, O‘zA