Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatidagi referendum uchastkalari komissiyasiga 10 ming 612 nafar a’zo jalb etildi
15:11 / 2023-04-07

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug komissiyasi tomonidan navbatdagi brifing o‘tkazildi. Unda okrug komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, okrug komissiyasi huzurida tashkil etilgan 4 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlaridan iborat Matbuot markazi ham ish faoliyatini boshlagan. Matbuot markazi okrug komissiyasi joylashgan binoda faoliyat olib bormoqda. Matbuot markazi tomonidan okrug komissiyasining kalendar ish rejasi doirasidagi ishlar tegishli tartibda OAVda yoritilyapti.  

Ma’lumot uchun Toshkent viloyati bo‘yicha jami 958 ta referendum uchastkalari tashkil etildi. Okrug bo‘yicha ularning tartib raqamlari belgilanib, manzili ko‘rsatilgan holda mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Barcha referendum uchastkalari saylovga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar, zarur zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanyapti.  

Jismoniy harakati cheklangan saylovchilar imkoniyatini e’tiborga olgan holda binolarga nishab yo‘laklari barpo etildi. Joylardagi uchastkalarning 10 ming 612 nafardan iborat a’zolari tarkibi tasdiqlanib, “Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari to‘g‘risida” gi Nizomga amal qilingan holda gender tengligi, a’zolar sonining bir tashkilotdan me’yori oshib ketmasligi ta’minlandi.

O‘z navbatida saylov komissiyasi a’zolari tarkibi shakllantirilganda ko‘p millatlikka ham alohida e’tibor berildi. Jumladan, 30 nafar qoraqalpoqlar, 1 ming 100 nafar qozoqlar, 208 nafar ruslar, 425 nafar tojiklar, 7 nafar koreyslar va 171 nafar boshqa millat vakillari tashkil etmoqda. Uchastka komissiyalari tarkibi Saylov Kodeksining tegishli moddalari talablari asosida tuzilgan.  

Shu kunlarda Toshkent viloyatining tuman-shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bo‘yicha joylardagi mas’ullar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Unda referendum uchastka komissiyasi vakillariga zarur tavsiyalar berilyapti.  

A.Musayev, O‘zA.