Toshkent viloyatida yosh stol tennischilar chempionlik uchun bahslashdi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan stol tennis markazida stol tennisi bo‘yicha 2009-2010 va undan kichik yillarda tug‘ilgan o‘smir va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Murosasiz bahslar natijasida o‘z yosh toifalarida Arujan Kamolova va Diyorbek Dilshodov g‘oliblikni tantana qilgan bo‘lsa, juftlik o‘yinlarida qizlar o‘rtasida D. Davletova/A.Hasanova, o‘g‘il bolalar o‘rtasida T. Mirsobitov/Z. Sadriddinov 1-o‘rinni egallashdi. Aralash juftlikda M.Toliyev/ D. Eshchanova raqiblariga imkoniyat qoldirmadi.

Jamoaviy o‘yinlarda o‘smir qizlar o‘rtasida Andijon, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoalari sovrinli o‘rinlarni band qilishdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillari 1-o‘rinni, Samarqand, Andijon, Sirdaryo viloyatlari jamoalari keyingi pog‘onalardan joy olishdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA