Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida yetishtirilgan pilla BAA va Xitoyga eksport qilinadi
11:30 / 2023-03-30

Har yili aprel, may, iyun oylarida yurtimizda ipak(pilla) urug‘ini olib kelish, pilla qurti boqish hamda tayyor mahsulotlarni pillachilik korxonalariga yetkazib berish borasida keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. Ayni paytda Toshkent viloyatida ham bu borada jadal ishlar amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hududlarda jami 30 ming 180 quti ipak qurtini parvarishlab, 2 ming tonnaga yaqin pilla xom ashyosini yetishtirish ko‘zda tutilgan. Hozirda tumanlarda tashkil qilingan 600dan ortiq inkubatoriyalarga ipak qurti jonlantirish uchun qo‘yilmoqda. 15-20 aprel kunlarida qurtlar jonlanib, parvarishlash boshlanadi.  

Mavsumda ipak qurtini tarqatish bilan birga har bir pilla boquvchiga 500 ming so‘mdan avans mablag‘i beriladi. Quvonarlisi, pillachilik sohasida yil davomida 90 ming nafarga yaqin, shundan, 7 yarim ming nafar doimiy va 82 nafar mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi. O‘z navbatida pilla yetishtirishning o‘rtacha narxi 27 mingdan 32 minggacha, oliy nav pilla esa 42 ming 736 so‘mda baholanmoqda.  

Asosiysi joriy yilda viloyat pillakorlari tomonidan Birlashgan Arab Amirliklari hamda Xitoy davlatlariga 14 million dollarga teng mahsulot eksportini amalga oshirish uchun shartnomalar tuzilgan.  

 

A.Musayev,O‘zA.