Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida yashil jamoat parklari tashkil etiladi
15:31 / 2022-02-09

Viloyat hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2022 yilning bahor mavsumida 10 million 142 ming mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari, qalamchalar ekish belgilangan.

Mazkur ishlar uchun viloyatning mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 636 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Hududning iqlim sharoiti va yer unumdorligidan kelib chiqib, qurg‘oqchilikka chidamli daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. O‘z navbatida 2021 yilning kuz mavsumida ekilgan daraxtlarning 90 foizi natija berishi kutilmoqda. Muhimi, ekilgan ko‘chatlarni sog‘lom o‘sishini ta’minlash maqsadida ularning parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Xususan, yashil maydonlarni sug‘orish uchun 530 kilometr uzunlikdagi irrigatsiya tizimi talab etilgan bo‘lib, shundan 225 kilometr qismi yangidan quriladigan va 135 kilometri ta’mirlanadigan irrigatsiya tarmoqlari hisoblanadi. Shu bilan birga, sug‘orish tizimi uchun talab etiladigan 176 ta quduqlardan 45 tasi yangidan quriladigan va 24 tasi ta’mirlanishi bo‘yicha vazifalar belgilandi. Joylarda 241 kilometr qo‘shimcha ariqlar qazilishi, 118 kilometr uzunlikdagi tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. 

Maxsus nasoslarni o‘rnatish orqali ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi. Belgilangan rejadan tashqari, viloyatning shahar-tumanlarida ko‘chat ekilishi mumkin bo‘lgan 205 gektar bo‘sh yer maydonlari aniqlandi. Ushbu maydonlarga sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘ygan holda 128 ming dona daraxt ekish orqali ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirildi. Shuningdek, «Yashil bog‘lar» ni barpo etish bo‘yicha 2022-2024 yillarda qiymati 5 milliard 920 million so‘mlik 116,6 gektar yer maydonida tashkil etiladi. Xususan, mazkur yillarda 66 gektardan ziyod maydonda «Yashil jamoat parklari» ni tashkil etilish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi. Buning uchun maxsus texnikalar ham jalb etilgan.  


A. Musayev, O‘zA.