Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov, viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov yurtimizga tashrif buyurgan Yaponiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
Unda "Beeanz Inc." kompaniyasining Bosh direktori Tsutomi Uchiyama, mazkur kompaniya maslahatchisi Daisuke Nakamura, "Gakko plus" kompaniyasi rahbari Masayya Vashizu yangi loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Xususan, Toshkent viloyati va Yaponiyaning “Beeanz Inc” kompaniyasi o‘rtasida yangi IT-akademiyasi bunyod etish borasida kelishuvlar imzolandi.
Qayd etilganidek, mazkur akademiyada o‘qish muddati 10 oyni tashkil etadi. Shuningdek, haftaning har juma kuni yapon mutaxassisi va tarjimon yordamida savol-javob o‘tkaziladi. Eng zamonaviy IT saboqlarini o‘z ichiga olib, ish boshlashi kutilayotgan akademiyada umumiy dars soatlari 260 soat etib belgilangan.
Dars davomida unda o‘quvchilar HTML, CSS, JavaScript, PHP va Python dasturlash tillari o‘rgatiladi.