Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida “Vaqf” xayriya jamoat fondining xayriya ishlari davom etmoqda
12:23 / 2020-12-28

Saxiylik va mehr-oqibat insonga doimo baxt-saodat keltiradigan va o‘zgalarning sevimli kishisiga aylantiradigan xislatdir.

Mehr-muruvvat, hamjihatlik, saxiylik xalqimiz ardoqlagan, asrlar osha amal qilib kelayotgan go‘zal fazilatdir. Aholining kam ta’minlangan, yordamga muhtoj qatlamini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan navbatdagi xayriya tadbiri Toshkent viloyatinng hududlarida amalga oshirilayotgan hayriya tadbirdarida ham aynan shunday ezgu tashabbuslar mujassamdir.  

Shu kunladrda tashkilot tomonidan bayram oldi Bo‘stonliq, Parkent, Chinoz, Bekobod tumanlari va  Angren shahrida qurbonliklar qilindi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga o‘n bir xil turdagi besh yuz ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Xususan, xayriya ishlari rejasiga muvofiq, Chinoz tumanidagi Qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi, Piskent, Ohangaron, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ham o‘n bir xil turdagi besh yuz ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va qimmatbaho sovg‘alar yetkazib berildi.  

Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov ishtirokida tashkil etilgan shunday tadbirda jonliq so‘yilib, 15 nafarga yaqin muhtoj xonadon vakillariga tarqatildi. Mas’ullar, joylarda oilalar holidan xabar olinib, Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Bundan tashqari, mazkur fond tomonidan 25-30 dekabrgacha Toshkent viloyatidagi 10 440 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish ko‘zda tutilgan. Xayriya tadbirlariga viloyat bosh imom-xatibi Jasur Raupov boshchiligidagi hududlardagi imom-xatiblar ham ishtirok etmoqda.