Toshkent viloyatida «Usmon ota» jome masjidi faoliyat boshladi
Bugun – 2 avgust kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida «Usmon ota» jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupovlar ishtirok etdi.
Masjidning yangi binosi ochilish marosimida mahalla faollari, imom-xatiblar, nuroniylar, jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Muftiy hazratlari peshin namozidan so‘ng jamoatga go‘zal mav’iza qilib berdi, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.
O‘zA