Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida tomorqadan foydalanish bo‘yicha vodiylik dehqonlar tajribasi o‘rganilyapti
08:29 / 2021-05-16

Davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruhlari sektorlar va mahalla faollari bilan birgalikda mahallabay va xonadonbay yurib, amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.

Jumladan, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida tajriba almashish maqsadida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 60 nafar tajribali “Namunali tomorqachi”, “Mehnatkash dehqon” va “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan usta dehqonlar taklif etildi.  

Mutaxassislar  Qibray tumanida 22 ta MFY, Zangiota tumanida 14 ta, O‘rta Chirchiq tumanida 5 ta va Yuqori Chirchiq tumanida 2 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida tajribali dehqon va tomorqachilar bilan birga tomorqa madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan. Unda kengash tomonidan qishloq xo‘jaligiga oid chop etilgan 3 mingta qo‘llanma kitoblar tarqatilishi ko‘zda tutilgan.  

Shuningdek, ushbu tajriba almashish jarayonida vodiy viloyatlaridan keltirilgan 35 ming tup, Toshkent viloyatidagi “Tomorqa xizmatlari” MCHJlar orqali 50 ming to‘p pomidor, bulg‘or qalampir, achchiq qalampir, baqlajon, karam ko‘chatlari hamda 1 tonna 800 kilogramm sabzavot  urug‘lari ekish uchun zaxira qilindi.

Xususan, Qibray tumanidagi “Jarboshi”, “Mirishkor”, “Chinor”, “Geofizika”, “Do‘stlik”, “Bog‘ishamol”, “Mevazor”, Zangiota tumanidagi “Chorbog‘, “Jaloyir”, “Xonobodtepa”, “Qorasuv”, “Soxibkor”, O‘rta Chirchiq tumanida “Bektemir”, “Yangixayot”, Yuqori Chirchiq tumanidagi Gulbog‘, Yikota mahallalarida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etildi.

 

Unda vodiy viloyatlaridan kelgan usta dehqonlar, tajribali tomorqachilar, Tomorqa xizmati korxonasi rahbarlari, mahalla raisilar xamda tomorqa yer egalari ishtirok etib, mahalla aholisi bilan dehqonchilik sir-asrorlari borasida tajriba almashib, o‘zlarining tajribalari haqida gapirib berdi.

— Mazkur sa’y-harakatlar aholi tomorqasidan samarali foydalanishiga yordamlashadi,  — deydi Yuqori Chirchiq tumani Fermerlar Kengashi raisi Qudratilla Mirzayev. — O‘rganishlar davomida anilangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Fuqarolar mavsumda yerga ko‘proq sabzavot ekishiga harakat qilamiz. Yetishtirilgan mahsulotlar bilan oila ro‘zg‘ori ta’kidlanadi.

Ishchi gurux a’zolari joylarda 467 ta aholi xonadonlarida bo‘lib, 16 ming sabzavot ko‘chatlari, 280 kg sabzavot urug‘lari tarqatilgan holda ektirish jarayonlari ko‘rsatib berildi. Shuningdek, 31 ta xonadondagi 42 sotix tomorqa yer maydoni “Tomorqa xizmati” korxonalari tomonidan motokultivatorlar bilan xaydab berildi.

Mazkur mahallalar asosan “Bir mahalla-bir mahsulot tamoyili” asosida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganidan kelib chiqib, asosan 3-5 sotixli intensev bog‘, 1-2 sotixli ixcham issiqxonalar, asalarichilikni rivojlantirish va parrandachilikni tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berildi.  

Shuningdek, maxallalarning aholi gavjum maskanlarida “Dala do‘konlari”ni tashkil etish hamda tumanning 4 ta sektorida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlarning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash borasida Kengash huzuridagi Jamg‘armaning mablag‘lari orqali moliyaviy ko‘mak berish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tajriba almashish jarayonlarida ekish ishlari sust tashkil etilgan mahallalar va xonadonlar aniqlansa, ularning ro‘yxatlarni ilova qilgan holda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha tumanning tegishli sektorlari rahbarlari bilan hamkorlikda ishlar davom ettiriladi.

A. Musayev, O‘zA