English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida taksichilar faoliyati qonuniylashtirilyapti
13:17 / 2021-07-26

Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashish faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi.

Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati bo‘yicha joriy yil 7 ming 300 nafar jismoniy shaxslarni yo‘lovchilarni tashish faoliyati bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuni e’tiborga olgan holda, hozir viloyat soliq organi xodimlari tomonidan qaror targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilyapti. Berilgan yengilliklar tufayli yashirin faoliyat yuritayotgan ko‘plab fuqarolarga qonuniy ravishda ish yuritishi ta’minlanyapti. O‘tgan davrda viloyat bo‘yicha 200 nafarga yaqin jismoniy shaxs mazkur faoliyat turi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazildi.

–   Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun boshlang‘ich to‘lov 5 barobarga kamaytirilib 690 ming so‘mni, oylik to‘lov 1,5 barobarga kamayib 425 ming so‘mni tashkil qiladi, – deydi boshqarmaning jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Rejamat Tursunboyev. – Barcha hududlarda targ‘ibod ishlari amalga oshirilyapti. Bu orqali fuqarolarga taksilar xizmatidan foydalanish sifati oshiriladi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil uchun ushbu faoliyat turi bo‘yicha qat’iy soliq stavkasi 150 ming so‘m etib belgilangan.

 

A.Musayev, O‘zA