English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida sport bilan shugʻullanuvchilar soni 500 mingdan oshib ketdi
18:54 / 2018-12-12

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sportni yanada ommalashtirish maqsadida tuman va shahar markazlarida joylashgan sport majmualarida salomatlik spartakiadalari oʻtkazilmoqda.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sportni yanada ommalashtirish maqsadida tuman va shahar markazlarida joylashgan sport majmualarida salomatlik spartakiadalari oʻtkazilmoqda.

Ana shunday sport bayramlaridan biri Pskent tumanida boʻlib oʻtdi. Tumandagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil etilgan sport bellashuvlarining final bosqichida 300 nafardan ziyod oʻgʻil-qizlar oʻz iqtidorini namoyish etishdi. 10ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda ayniqsa belbogʻli va erkin kurash, boks, taekvondo, stol tennisi musobaqalari qizgʻin va murosasiz kurashlar ostida kechdi.

- Oʻtkazilayotgan musobaqalardan koʻzlangan asosiy maqsad – ertamiz egalarining salomatligini yanada mustahkamlash, shu bilan birga iqtidorli yoshlarni tanlab olish va ularni mamlakat oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga tayyorlab berishdan iborat. Shunisi eʼtiborliki, hozirda viloyatimiz miqyosida jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanayotganlarning 255 ming nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi, - dedi Toshkent viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Doniyor Risqiboyev.

Bellashuvlarda Zarnigor Boltaxoʻjayeva, Shohrux Omonov, Zufar Saidboyev singari sportsevar yoshlar oʻz yoʻnalishlarida gʻoliblik shohsupasiga koʻtarilishdi. Kezi kelganda tashkidlash joiz, ayni paytda viloyatda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanuvchilar soni 534 ming nafardan oshib ketgan. Bugungi kunda viloyatda bitta olimpiya zahiralari maktab-internati hamda uchta ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat olib bormoqda. Ushbu sport-taʼlim muassasalarida ertamiz egalari sportning 38 turi (27ta olimpiya, 4ta milliy va 7ta noolimpiya sport turlari) boʻyicha muntazam shugʻullanib kelishmoqda.