Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilganlar ko‘paymoqda
17:44 / 2022-09-09

Qaror va ijro

Prezidentimizning 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining tuman-shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha samarali ishlar qilinyapti.

Xususan, joylarda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilyapti. Qaror qabul qilingandan hozirgacha hududda o‘zini band qilgan fuqarolar soni 132 ming 718 nafarga yetdi.

Birgina soliq organlari xodimlari tomonidan shu yil 31 avgust holatiga viloyat bo‘yicha 49 ming 973 fuqaro mazkur yo‘nalishda ro‘yxatga olingan. Jumladan, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, axborot kommunikatsiya yo‘nalishlari, maishiy xizmatlar ko‘rsatish va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish kabi sohalarda fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Soliq organlari xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida eng chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi kabi 60 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarga bank-moliya bilan bog‘liq masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.

Birgina misol Toshkent tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “Abfer unitex” oilaviy korxonasi mana uch yildirki hududda yashovchi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab, oilalarning iqtisodiy barqarorligini saqlashga ko‘maklashmoqda.

Korxona rahbari Feruza Zaripovaning turmush o‘rtog‘i yordamida tashkil qilgan oilaviy korxonasida 8 xil yo‘nalish bo‘yicha 30 nafardan ortiq ayol ish bilan ta’minlangan. Bu yerda hozir 70 xildagi zamonaviy kiyim-kechaklar tayyorlanadi. Quvonarlisi, korxonaning mamlakatimizdagi deyarli har bir viloyatda joylashgan yirik savdo majmualari bilan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalari bor. Undan tashqari, xotin-qizlarimiz tomonidan yaratilayotgan trikotaj mahsulotlari MDH davlatlariga ham eksport qilinadi.

O‘rta Chirchiq tumanidagi "Xalqobod" mahallasida yashovchi Zulfiya Boymakova joriy yilning may oyidan buyon boshlagan parrandachilik bo‘yicha ko‘rsatgan natijasidan barcha hayratda. Tadbirkorning naslli o‘rdaklari soni hozirda 2 ming 200 taga yetdi. Ulardan kuniga 1200-1500 ta tuxum oladi va oziq-ovqat do‘konlariga ulgurji narxlarda yetkazib berilmoqda.

Tadbirkor faoliyatini rivojlantirish uchun yaqinda mahalladagi hokim yordamchisi Ag‘zam Arziqulovning yordami bilan "Har bir oila tadbirkor" dasturi asosida 3 yil muddatga 14 foizlik 66 million so‘m miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratildi. Uning hisobidan parrandalarga yem va ozuqalarini tashish uchun maxsus transport olingan.

A.Musayev, O‘zA