French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida o‘tgan yil aholiga 734 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi
17:24 / 2021-01-08

Bugun davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasi xalqimizning eng yaqin ko‘makchisiga aylanib, tezkor, qulay va sifatli tizimga aylandi, desak xato bo‘lmaydi.

Toshkent viloyatida o‘tgan 2020 yilda tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga 734 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, shundan 692 ming 578 tasi bevosita markazlarda amalga oshirildi. Shuningdek, 42 mingga yaqin fuqaro  xizmatlardan mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  my.gov.uz orqali foydalandi. 

    Eng ko‘p davlat xizmatlari Angren shahar Davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatildi. Jumladan, Angren shahrida 61 ming 380 ta, Zangiota tumanida 58 ming 233 ta, Chirchiq shahar DXMda esa 61 ming 347 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  

 2020 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 18 ming 751 tani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 3 ming 552 tasi markazlarga kelmasdan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda davlat ro‘yxatidan o‘tgan.  

 Viloyatning olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida 3 ming 506 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.