Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida onlayn nazorat kassa mashinalari o‘rnatilmoqda
13:14 / 2021-04-22

Toshkent viloyati davlat soliq organlari tomonidan joylarda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarni bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish, ularning afzalliklarini tadbirkorlik sub’ektlariga keng tushuntirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, viloyatda 16 ming 191 ta onlayn nazorat kassa mashinasi o‘rnatilgan bo‘lib, shundan 1 ming 65 tasi dorixonalarga, 918 tasi spirtli ichimliklar va 121 ta tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish, 377 tasi esa avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga to‘g‘ri keladi.

Onlayn nazorat kassa mashinalari tadbirkorlik sub’ektlarini faqat nazorat qilish uchungina o‘rnatilgan emas balki, ularning faoliyatida qulayliklar yaratish uchun ham joriy etilayotganligi ularning o‘zlariga ham ma’qul bo‘lmoqda.

– Hozir tadbirkorlar ilgarigidek, nazorat-kassa daftarini umuman yuritmaydi, – deydi, Bekobod shahridagi “Yantar gold” MCHJ rahbari Faxriddin Abdullayev. – Shuningdek, ish kuni oxirida har bir nazorat kassa mashinasi bo‘yicha kunlik hisobotni chiqarib olish kabi majburiyatlarni bajarmaydi. Soliq organi xodimlari tomonidan berilgan tushuntirishlardan so‘ng, savdo shoxobchamizda onlayn nazorat kassa mashinasini o‘rnatdik. Natijada ikkilamchi buxgalteriya yuritish kabi salbiy holatlarga chek qo‘yiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda birgina Bekobod shahrida 710 ta nazorat kassa mashinalari o‘rnatilgan bo‘lib, 2021 yil davomida shaharda faoliyat yuritayotgan yana 500 ga yaqin korxonada onlayn NKMlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

A. Musayev,O‘zA