Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi
13:23 / 2025-07-21

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy o‘qish tashkil qilganliklari fosh etildi.

Jumladan, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.

Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.