Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik koʻrilgan?
17:40 / 2019-11-10

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha kommunal sohada olib borilayotgan ishlar: muammo, yechim, istiqbol” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.


Toshkent viloyati Nurafshon shahrida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha kommunal sohada olib borilayotgan ishlar: muammo, yechim, istiqbol” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat, tuman va shahar kommunal xizmatlari tashkilotlari masʼullari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berib, mavzu yuzasidan jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Viloyatda 4 ming 828 ta koʻp qavatli turar-joy mavjud boʻlib, rejadagi 771 tasi joriy va mukammal taʼmirlandi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan koʻp qavatli uylarni taʼmirlash uchun belgilangan 33,7 milliard soʻmdan 23,5 milliard soʻm kredit ajratilgan.

Viloyatda mavjud koʻp qavatli uylarning 2 ming 303 tasi markazlashgan, 85 tasi lokal, 186 tasi kontramarka, 24 tasi yakka isitish pechlari hamda 345 tasi ikki konturli isitish moslamalari orqali isitiladi.

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 2 ming 454 kilometr elektr tarmoqlari va 773 ta transformator mukammal taʼmirlandi. Shuningdek, 22 ming 404 kilometr elektr tarmogʻi va 4 ming 950 ta transformator punkti joriy taʼmirlanib, 30 ta transformator zaxirasi yaratildi. Oʻtgan mavsum zoʻriqib ishlagan 32 ta transformator yuqori quvvatlisiga almashtirildi.

Viloyatda 14 ming 231 dona maishiy gaz ballonlari zaxirasi yaratilib, 932 kilometr quvur maxsus asboblar yordamida koʻrikdan oʻtkazildi. Shuningdek, 2 ming 653 kilometr qismi bosim ostida tozalanib, 14 ta gaz taqsimlash punkti mukammal taʼmirlandi. 13,1 kilometr gaz quvurlari mukammal taʼmirlanib, 5,3 kilometr qismi rekonstruksiya qilindi.

Matbuot anjumanida shuningdek, jurnalistlarning mavzuga oid savollari yuzasidan, jumladan, viloyat ichki yoʻllarining taʼmirlanishi borasida maʼlumot berildi. Qayd etilishicha, 2017-yilda 552 kilometr, 2018-yilda esa 744 kilometr, 2019-yilga kelib esa 1 ming 491 kilometr, yaʼni oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar koʻp yoʻl taʼmirlangan.