Toshkent viloyatida korxonalar soni yana bittaga ko‘paydi
Toshkent viloyati Piskent tumanida plastmassa quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona foydalanishga topshirildi.
Toshkent viloyati Piskent tumanida plastmassa quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat, tuman hokimligi mas’ullari, xitoylik investorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Piskent tumanida ham qulay investitsiya muhitini yaratish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyasini jalb etish, bu borada xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularga qulay biznes sharoiti yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Hududning investitsiya jozibadorligini oshirish borasidagi ishlar tumanga yo‘naltirilayotgan chet el investitsiyasi hajmi ortishiga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.
Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “YUSHEN TEKTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonada qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish uchun plastmassa trubalar ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati 950 ming dollar bo‘lgan mazkur korxona ish boshlashi bilan 30 nafar aholining doimiy bandligi ta’minlandi.